O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun


10 oktabr

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov 1949 yil 10 oktabrda Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan.

Zokirjon Almatov Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1991-2006 yillarda Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab, mehnat faoliyati davomida sohada ko‘plab yoshlarga ustozlik qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan ichki ishlar organlarida yosh kadrlar salohiyatini oshirish tizimini yaratish, ularning kasbiy mahoratini yuksaltirish uchun hurmat va obro‘ga ega bo‘lgan xodimlarning ichki ishlar organlaridagi boy amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining maslahatchisi lavozimi kiritilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Zokirjon Almatov o‘tgan yilning fevral oyida ichki ishlar vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!


366
O'zA