O‘zA O`zbek

10.09.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun


10 sentabr

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Zokirova 1949 yil 10 sentabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

San’atkor O‘zbek milliy akademik teatri ijodiy faoliyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan iqtidorli aktyorlardan biri hisoblanadi. Mehnatsevarligi, talabchanligi va tinmay ijodiy izlanishi tufayli uning iste’dodi mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan.

Tomoshabinlar uning teatr sahnasidagi “Parvoz”da Sanam, “Abu Rayhon Beruniy”da Gulsanam, “Uylanish”da Agafya, “Boy ila xizmatchi”da Gulbahor “ Otello”da Dezdemona, “Qutlug‘ qon”da Gulnor, “Abdulla Qodiriyning o‘tgan kunlari”da Kumush kabi rollarini yaxshi biladi.

Gavhar Zokirova teatrdagi faoliyati bilan bir qatorda videofilm va badiiy filmlarda xam ko‘plab rollar ijro etgan. Jumladan, elimiz sevib tomosha qiladigan “To‘ylar muborak”da Nigora, “ Yuulduzimni qaytarib ber”da Guli, “ Tilsimoy”, “Sevinch”da Ona kabi turli xarakterli obrazlar yaratdi.

U o‘zining serqirra ijodkorligi bilan tomoshabanlar mehrini qozona olgan san’atkorlarimizdan biri sanaladi.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi. 

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37 

Saytimizni kuzatib boring!


5 695
O‘zA