O‘zA O`zbek

10.07.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun

10 iyul

“Do‘stlik” ordeni sohibi, “ O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizaev 1958 yil 10 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

Shuhrat Rizaev O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oybek muzeyi, Vazirlar maxkamasi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa idoralarda xizmat qilgan. 

Ijodkorning “Jadid dramasi”, “Jamiyat ko‘zgusi”, “ Zavqiy ijodida falklor motivlari”, “Milliy uyg‘onish va o‘zbek filologiyasi masalalari”, “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti”, “Sahna ma’naviyati” kabi asarlari chop etilgan.

Shuhrat Rizaev 2017 yil 18 avgustda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlangunga qadar “Jahon adabiyoti” jurnali Bosh muharriri lavozimida ishlagan. 

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!


4 317
O‘zA