O‘zA O`zbek

14.03.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tugʻilgan kun (14 mart)

Bugun tugʻilgan kun (14 mart)


Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA saytida yangi rukn, yangi loyiha tashkil etildi.

“Bugun tugʻilgan kun” deb nomlangan ushbu loyihada turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar, oʻz kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.

* * *

Doʻstlar, bir zot kelmoqda asrlarni oralab,

Ezgulikni ulugʻlab, razolatni qoralab,

Kaftida quyosh tutib, zulmat koʻksin poralab,

Har koʻngildan koʻngilga safar qilar Navoiy,

Dillarni asir aylab, zafar qilar Navoiy...

d8402ebe-d61c-48dc-b35f-018cae949015.jpg

Mana shunday dilga yaqin, mulohazaga chorlovchi satrlari va jurnalistika sohasidagi qator loyihalari bilan oʻz muxlislarini topgan Nodir Jonuzoq 1976 yil 14 martda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan.

Ijodkor talabalik paytida – 1997 yil respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari gʻolibi boʻlgan. Uning kitobi “Tomchilar” deb nomlangan.

Oʻquvchilar uning “Sizni sevar edim”, “Mehribonim” nomli sheʼriy toʻplamlari, “Oʻn yetti lahza”, “Nilufar”, “Siniq oy” kabi bir qator dostonlarini yaxshi qabul qildi.

Teletomoshabinlar Nodir Jonuzoqning “Yozuvchi va zamon”, “Sheʼr va shuur”, “Gap chiqdi”, “Oq va qora”, “Shaxsiy fikr”, “Hayot goʻzal!”, “Ijodiy uchrashuvlar” singari koʻrsatuv va tokshoularini ham yaxshi biladi.

Ijodkorni bugungi sana – tavallud topgan kuni bilan qutlab, oilasiga xotirjamlik, ijodiga zafarlar tilaymiz!

PS: Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

Telegramm: @UzA_pochta

Email: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37.

Har kuni saytimizni kuzatib boring...


2 746
OʻzA