O‘zA O`zbek

13.06.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun


“Saodat” jurnali bosh muharriri Munavvara Usmonova 1965 yilning 13 iyunida Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan.

13 iyun 

U Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. O‘quvchilar ijodkorning “Diydor”, “Sizga o‘xshasin”, “Sog‘inch manzili”, “Yuragimdasan, Vatan”, “Bunday elni qaydan topasan”, “Keragimsiz” kabi she’riy to‘plamlari, “Vatan − ulug‘ darsxona” nomli publitsistik maqolalar kitobni yaxshi biladi. 

Shoiraning ko‘plab she’rlari qo‘shiqqa aylangan. Bir qancha asarlari ozarbayjon, nemis, tojik, rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan. Munavvara Usmonova 2013 yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring! 


1 167
O‘zA