O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun

10 oktabr

Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hayotxon Ortiqboeva 1946 yil 10 oktabrda Guliston tumanida tug‘ilgan.

U 1969 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan. “Sirdaryo haqiqati” hamda “Guliston yangiliklari” ‒ “ Gulistanskie novosti” gazetalarida bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir vazifalarida ishlagan.

Ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limining rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatib keladi.

Hayotxon Ortiqboevaning “Feruza oqshomlar”, “Ko‘klam ertaklari”, “Humolari qaytgan yurt”, “Ne baxt bu diydor”, “Oy qo‘ngan ayvon” she’riy to‘plamlari chop etilgan.

Ijodkor 2004 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni, 2008 yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring

483
O‘zA