O‘zA O`zbek

01.04.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tugʻilgan kun

Bugun tugʻilgan kun

1 aprel

Bahtiyor Sayfullayev.jpgOʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev 1951 yil 1 aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1972 yil Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini bitirgan. Mehnat faoliyatini 1972 yilda Respublika yosh tomoshabinlar teatri aktyori sifatida boshlagan.

Baxtiyor Sayfullayev 2017 yil Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri sifatida ish bolagugna qadar qator masʼul vazifalarda ishlagan.

***

Adham Bekmurodov.jpgVazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining direktori vazifasini bajaruvchi Adham Bekmurodov 1964 yil 1 aprelda Buxoro viloyatida tugʻilgan.

Iqtisod fanlari doktori Adham Bekmurodov 1985 yil Toshkent xalq xoʻjaligi institutini bitirgan.

Eslatib oʻtamiz, xorijiy mutaxassislar, shu jumladan, vatandoshlarni taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga jalb etish, kadrlarni xorijda tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish “El-yurt umidi” jamgʻarmasining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37.

Saytimizni kuzatib boring!


3 668
O'zA