O‘zA O`zbek

14.03.2019 Chop etish versiyasi

Bugun dunyo tarixida nimalar yuz bergan?

Bugun dunyo tarixida nimalar yuz bergan?

1996 yil. Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Hozirda mazkur muzeyning dovrugʻi jahonni lol qoldirmoqda. Toshkentga xorijdan kelgan sayyohlar mamlakatimiz bilan tanishuvni shu muzeydan boshlaydi.

1937 yil. Oʻzbekiston xalq shoiri Barot Boyqobilov tavallud topgan kun. Uning “Kun va tun” sheʼriy qissasida Boburning badiiy obrazi oʻzbek adabiyotida ilk bor namoyon boʻldi. Keyinchalik Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Shukuhli karvon”, “Notinch Xuroson”, “Sokin Xuroson” va “Qonli Xuroson” dostonlari eʼlon qildi. Barot Boyqobilov oʻzbek sheʼriyatida sonyet janrining ravnaq topishiga katta hissa qoʻshdi.

1997 yildan buyon Fransiyada sport matbuoti birlashmasi tashabbusi bilan sport jurnalistlari bayrami nishonlanadi. Sababi 1924 yil 14 martda Parijda hozirda deyarli yuzlab millat jurnalistlarini birlashtirib turgan Sport matbuot birlashmasi tashkil etilgan.

Bugun uyquchilarni ham bayrami. Chunki Butunjahon uyqu kuni bayram qilinadi. Ilk bora bu bayram 2008 yilda nishonlangan. Shundan buyon har yili tush va salomatlik muammolari boʻyicha Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti loyihasi boʻyicha uyqu kuni oʻtkaziladi.

1870 yil. Fransiyalik Nikola Kyunyo bugʻ avtomobilini yaratdi. Ammo konstruksiyasi mukammal boʻlmagani uchun ommalashmadi. 1885 yil 5 mayda nemis muhandisi Karl Bens benzinda yuruvchi dvigatelli birinchi avtomobilni yaratdi.

1879 yil. Chinakam daho, ilm-fan olamining yetuk vakili boʻlgan Albert Eynshteyn tavallud topgan.

Atom bombasi keltirib chiqargan oqibatlardan qattiq oʻkingan Eynshteyn alam bilan: “Agar bu qilgan ishim nima bilan tugashini oldindan bilganimda, yaxshisi soatsoz usta boʻlardim!” degan ekan. U rostdan ham urushni koʻrarga koʻzi yoʻq edi.

Uning yana bir fikri bunga isbot boʻla oladi: “Insoniyat 3-Jahon urushi paytida qanday qurollar bilan bir-birini halok etishini bilmadim. Lekin aniq bilaman, 4-Jahon urushida ular toshdan yasalgan bolta va toʻqmoqlar bilan jang qiladilar”, degan edi. Tinchlikka nima yetsin?..

1911 yil. Tojik shoiri, dramaturg Dehotiy Abdusalom Pirmuhammadzoda tugʻilgan. U “Pirmuhammadzoda”, “Navqalam”, “Hardamxayol”, “Dehotiy” kabi taxalluslar bilan ijod qilgan. Dehotiy Abdusalom tojik xalq ogʻzaki ijodiga oid “Tojik xalq yumori” (1938) kitobi hamda oʻzbek shoirlari haqida “Junaydulla Maxdum Hoziq”, “Buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy” kabi maqolalar muallifi. Abdulla Qahhorning “Shohi soʻzana”, B. Rahmonovning “Yurak sirlari” dramalari, Muqimiy, H. Olimjon, N. Hikmat sheʼrlarini tojik tiliga tarjima qilgan.

1928 yil. AQSH kosmonavt-uchuvchisi Borman Frenk tavallud topgan kun. U “Jeminay-7” kosmik kemasida yer atrofida 206 marta aylandi. “Apollon-8” kosmik kemasida esa Oy atrofida 10 marta aylangan birinchi kosmonavt.

3 565
OʻzA