O‘zA O`zbek

27.02.2020 Chop etish versiyasi

“Boysun” festivalga boradi

“Boysun” festivalga boradi

Navoiy viloyati Nurota tumanida joriy yil 30-31 may kunlari o‘tkaziladigan “Nurli navolar“ xalqaro folklor festivalida ishtirok etadigan folklor-etnografik ansambllar ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Milliy madaniyatimizning eng noyob, durdona sanati keng namoyish etiladigan festival xalq ijodiyotining qadimiy an’analarini saqlab qolib, rivojlantirish, yosh avlodni milliy urf-odat va qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotgani bilan barchada katta qiziqish o‘yg‘otayotir.

Ko‘rik-tanlovda viloyatda xalq ijodiyotining qadimiy ananalarini ulug‘lab kelayotgan 11 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlov nizomiga asosan ularning mahoratini nufuzli hakamlar hay’ati baholab bordi.

Yakunda Boysun tumanidagi “Boysun” folklor-etnografik xalq ansambli “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalining mamlakat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.

Shuningdek, Sherobod tumanidagi “Chechalar“, Oltinsoy tumanidagi “Sharshara“, Jarqo‘rg‘on tumanidagi“ Jarqo‘rg‘on“, Sho‘rchi tumanidagi “Bulbuliguyo“ folklor-etnografik ansambllari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

2 402
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA