O‘zA O`zbek

21.09.2020 Chop etish versiyasi

Bolajonlar uchun yangi multiplikatsion asar ustida ishlanmoqda

Bolajonlar uchun yangi multiplikatsion asar ustida ishlanmoqda

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Futurist Studio” tomonidan “Sehrli qalamdon” nomli multiplikatsion film ustida ish boshlandi, deya xabar bermoqda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi.

Mazkur animatsion filmga oʻquv qurollari tarkibiga kiruvchi qalamdon asos qilib olingan. Multfilmda bosh qahramon – Iqbolning maktabda boshidan oʻtkazgan sarguzashtlari, sehrli qalamdon ichidagi qalam, ruchka, qalam yoʻngʻich, chizgʻich, oʻchirgʻich kabi oʻquv qurollarining “jonlanib”, sohibi duch kelgan muammolarni hal qilishga shaylanishi kabi voqealar tasvirlangan.

“Sehrli qalamdon” multfilmining davomiyligi taxminan 10 daqiqa boʻlib, 3-14 yoshli bolalar auditoriyasiga moʻljallangan.

9 516
OʻzA