O‘zA O`zbek

05.04.2019 Chop etish versiyasi

Bir oiladan chiqqan uchta xalq baxshisi

Bir oiladan chiqqan uchta xalq baxshisi

Termizda o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida mashhur Umirovlar sulolasining besh nafar vakili ishtirok etmoqda.

Sherobod baxshichilik maktabi vakili, O‘zbekiston xalq baxshisi Qora baxshi Umirov sakson olti yoshga kirgan. Ukasi Chori baxshi, avlod davomchisi Rasul baxshi Umirovlar ham xalq baxshisi faxriy unvoniga ega. Chevarasi Boymurod, evarasi Diyor baxshilar ham festivalga katta tayyorgarlik bilan kelgan.

JQJ_5447.JPG

– Baxshi – terma, qo‘shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi san’atkor, xalq dostonchisi. Uning shirali ovozi, do‘mbirasidan taralayotgan kuy inson qalbini beixtiyor to‘lqinlantiradi, junbushga keltiradi, – deydi Rasul baxshi Umirov. – Asrlardan o‘tib kelayotgan san’atimizni avlodlarga qoldirish asosiy vazifamiz. Ammo, keyingi paytlarda joylardagi baxshichilik maktablari faoliyati biroz susaygandek. Shu jihatdan Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ushbu qadimiy san’atimizni dunyoga tanitish barobarida uni yoshlarimiz orasida yanada ommalashtirishga xizmat qiladi. Taklifim xalq tanigan baxshilarni joylarga chiqarib, doimiy mahorat darslari tashkil etilsa. Bu ham baxshichilikni rivojlantirish, an’analarini saqlab qolishga xizmat qiladi.

1 462
Ziyodulla Jonibekov, Jonibek Qo‘zimurodov (surat), O‘zA