O‘zA O`zbek

10.07.2019 Chop etish versiyasi

Belarus davlat san’at akademiyasi bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Belarus davlat san’at akademiyasi bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Nodirbek Sayfullaev boshchiligidagi delegatsiya Belarus davlat san’at akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zAga institut matbuot xizmati xabar qildi. 

Kuni kecha delegatsiyamiz vakillari Belarus davlat san’at akademiyasi rektori Mixail Borozna bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki oliy o‘quv yurti hamkorlikni rivojlanish borasidagi amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida kelishib olindi. Shundan so‘ng Nodirbek Sayfullaev Belarus davlat san’at akademiyasi vakillariga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tarixi va faoliyati, fakultetlar, kafedralar, ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. 

photo_2019-07-10_00-12-42.jpg

Delegatsiyamiz a’zolariga esa Belarus davlat san’at akademiyasining o‘quv jarayoni, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari haqida batafsil so‘zlab berildi. Shuningdek, haykaltaroshlik, grafika, dizayn, rangtasvir, badiiy kulolchilik yo‘nalishlarining o‘quv ustaxonalari, yaratilgan shart-sharoitlari bilan tanishtirildi.

photo_2019-07-10_00-13-09.jpg 

Uchrashuv so‘ngida ikkala ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish maqsadida kelishuvga erishildi. 

4 147
Ikrom AVVALBOEV, O‘zA