O‘zA O`zbek

04.04.2019 Chop etish versiyasi

Baxshichilik san’ati hunarmandlar nigohida

Baxshichilik san’ati hunarmandlar nigohida

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 5-10 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida bir qator soha vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rayotganlar orasida hunarmandlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

photo5264836629187635944.jpg
– Ayni vaqtda maydonlarda hunarmandchilik shaharchalarini barpo etish yumushlari yakunlandi, – deydi ”Hunarmand” uyushmasi raisining o‘rinbosari Akobir Hakimov. – Bu ustaxonalarda hunarmandlarimiz o‘z mahsulotini sotish bilan birga uni yaratilish jarayonini ham namoyish etadi. Shu maqsadda yurtimizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq hunarmand taklif etildi. Ular o‘ttizdan ortiq yo‘nalishda mahorat darslari o‘tishi rejalashtirilgan. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan hunarmandlar bir necha kun bu yerda o‘z mahoratini namoyish etadi.

Darhaqiqat, hunarmandlik shaharchalarida har bir hududning o‘ziga xos san’at turini ko‘rish mumkin. Misol uchun, Farg‘onada adras to‘qish, Buxoroda zardo‘zlik, kandakorlik, Samarqandda kulolchilik, matoga gul bosish, Toshkentda naqqoshlik kabi yo‘nalishdagi o‘ziga xos hunar turlari namoyon etilgan.

photo5267079340850522611.jpg
Hunarmandlarimiz festivalga baxshichilik san’ati ramzi tushirilgan ko‘plab esdalik sovg‘alari ham yasab kelishgan ekan. Ular ayniqsa, kulolchilik, matoga gul tushirish, tikilgan bosh kiyimlarda yanada ko‘proq aks etgan. Aslida ham har bir kashtaning bezak mavzui va shaklu-shamoyili u yoki bu buyumning vazifasiga qarab belgilanadi. Yirik kashtalar – so‘zanalar mazmunida kuyosh, oy, yulduzlar yirik va kichkina tupbarggul naqshi, o‘simlik, xandasiy va uslubiy hayvonlar tasviri o‘rin olgan.

Shu bois ham zamonaviy kashtachilikda yangi uslubda kundalik liboslarning ma’lum bir qismlarini va maishiy buyumlarni bezashda qo‘l keladigan bezaklar tizimini o‘zlashtirish bilan birga, zamonaviy iste’molchining didini qondiradigan, sovg‘abop buyumlarni tikish ham rivojlanmoqda.

photo5267446307151260504.jpg

photo5269331140664207860.jpg

photo5269331140664207864.jpg

1 369
Sayyora Shoeva, O‘zA