O‘zA O`zbek

09.10.2018 Chop etish versiyasi

Bahodir Yoʻldoshevning hayotida kitob qanday ahamiyatga ega?

Bahodir Yoʻldoshevning hayotida kitob qanday ahamiyatga ega?

Oʻqish, tafakkur yuritish insoniyatni buyuk oʻzgarishlarga boshlaydi. Shuning uchun ham kishilik jamiyatida kitobning ixtiro qilinishi qadru ehtiromga sazovordir. Baʼzan dunyo fozillari kitobni eng buyuk moʻjiza, deb alqashadi. Chunki, u insonning maʼnaviy kamolotiga xizmat qiladi. 

Mamlakatimizda kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarimizni har tomonlama sogʻlom va barkamol, yuksak maʼnaviyatli, bilimli qilib tarbiyalash borasidagi keng koʻlamli islohotlarni hayotga tatbiq etishda kitob va kitobxonlikning oʻrni beqiyos. Shu bois, kitob targʻibotiga qaratilgan hujjatlar qabul qilinib, koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda.

7f4f468e-c119-44d7-a929-37cda6d1739a.jpg

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi farmoyishi hamda 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori aholi, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilayotir.

Poytaxtimizdagi “Diydor“ teatr studiyasida Oʻzbekiston xalq artisti Bahodir Yoʻldoshev bilan boʻlgan “Kitobga muhabbat“ mavzusidagi uchrashuvda ham kitob va kitobxonlikning ahamiyati haqida soʻz bordi. Ijodkorning uzoq yillik ibratli hayoti va ijodiy faoliyati misolida mutolaa yoshlarning har jihatdan komil inson boʻlib voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

4 156
Mohigul Qosimova, Farhod Abdurasulov (surat), OʻzA