O‘zA O`zbek

02.08.2018 16:02 Chop etish versiyasi

Asarlarida tarixni jonlantirgan rassom

Asarlarida tarixni jonlantirgan rassom
I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida taniqli rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Ibrayim Jolimbetov tavalludining 60 yilligi munosabati bilan ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmaga ijodkorning tarixiy va boshqa yo‘nalishdagi 100 dan ortiq asarlari qo‘yilgan.

– Ibroyim Jolimbetov har xil uslubda kartinalar va keramik asarlar yaratib, ko‘p sonli ixlosmandlariga ega bo‘lgan rassom, – deydi san’atshunos olim Joldasbay Turdimuratov. – “Bo‘ri ovi” asari unga katta shon-shuhrat olib keldi. Rassomning “Qo‘rqit ota”, “Ekologiya”, “Orolning qaytishi”, “Chingizxan”, “ Suyunbike”, “Saviskiy” “Allayar Dosnazarov”, “Ibrayim Yusupov” kabi asarlari yig‘ilganlarda alohida qiziqish uyg‘otmoqda. “Bo‘ri ovi” asarida rassom qatag‘on qurbonlari bo‘lgan qoraqalpoq xalqining davlat, siyosiy va jamoat arboblari va boshqa xalq farzandlarining achchiq qismatini aks ettirgan.

Qoraqalpoq tasviriy san’atining taniqli vakili Ibroyim Jolimbetovning asarlari dunyoning qirqdan ortiq muzeylarida saqlanib kelinmoqda.

Yesimxon Qanoatov, O‘zA
3 104