O‘zA O`zbek

13.09.2020 Chop etish versiyasi

AQSHda ikki haftalik trening oʻtkazildi

AQSHda ikki haftalik trening oʻtkazildi

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi oʻzbek madaniyati va sanʼatini ommalashtirish doirasida Amerikaning “Silk Road Dance Company” kompaniyasi bilan birgalikda milliy raqs sanʼatini oʻrgatish boʻyicha “Central Asian Dance Camp 2020” ikki haftalik onlayn treningini tashkil etdi.

Oʻzbekiston mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan tadbirda AQSHning 11 shtatidan vakillar ishtirok etdi. Jumladan, Virjiniya, Kaliforniya, Kentukki, Kolorado, Luiziana, Massachusets, Merilend, Ogayo, Kolumbiya okrugi, Tennessi va Florida kabi mintaqalardagi raqs ixlosmandlari ikki hafta davomida oʻzbek raqsidan saboq oldi.

Ushbu treningning Amerika tomonidan tashkilotchisi dunyoga mashhur olim, “Silk Road Dance Company” rahbari Laurel Grey boʻldi. U 1984-yili Amerikada Oʻzbekiston raqs va madaniyat jamiyatiga asos solgan.

11 775
N.Usmonova, OʻzA