Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.08.2017 19:33 Chop etish versiyasi

Anons: madaniyat va istirohat bog‘lari direktorlarining tajriba almashuv seminari

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi sohaga aloqador boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda “Madaniyat va istirohat bog‘larida xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar va mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish” mavzusida tajriba almashuv seminari tashkil etishni rejalashtirgan.

Joriy yilning 23-avgust kuni mazkur seminarning nazariy qismi O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida, amaliy qismi poytaxtimizdagi G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkaziladi.

O‘zA
1 887






Все о погоде - Pogoda.uz