O‘zA O`zbek

25.09.2019 Chop etish versiyasi

Amir Temur muhr-uzugi nusxasini yaratgan yosh zargar festival g‘olibiga aylandi

Amir Temur muhr-uzugi nusxasini yaratgan yosh zargar festival g‘olibiga aylandi

Qashqadaryo hunarmandlari orasida yaqinda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan Qarshi davlat universiteti 1-bosqich talabasi, zargar Sharifjon Raupov ham bor. Hunarmand shu kunga qadar dunyoning eng nufuzli muzeylarida saqlanayotgan eng qadimiy milliy zargarlik buyumlarimizning 400dan ortiq turini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyat hokimligining xabariga ko‘ra yosh zargarning tinimsiz izlanishlari natijasida Amir Temur muhr-uzugi nusxasi yaratildi. Uning bu zargarlik ishi barcha festival qatnashchilari e’tiboriga tushdi hamda xalqaro ekspertlar tomonidan yuksak baholandi. U 78 mamlakat orasida “Yeng yosh hunarmand” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi va 2000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

Joriy yilda Sharifjon talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Ya’ni, Qarshi davlat universitetining “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yoʼnalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.

5 270
O‘zA