O‘zA O`zbek

12.09.2020 Chop etish versiyasi

Adiblar xiyoboni haqida film

Adiblar xiyoboni haqida film

Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida xiyobon va unda haykallari oʻrnatilgan shoir va yozuvchilar faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Xalq yuragi” nomli hujjatli film namoyishi oʻtkazildi. Film rejissyori Shohruh Rasulov.

“Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan “Cinema Days-2020” kino kunlari doirasida tashkil etilgan tadbirda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri A. Qirgʻizboyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari M. Mirzo, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S. Sayyid va “Oʻzbekkino” MA direktori F.Abduxoliqov va boshqalar Adiblar xiyobonida yaratilgan bunyodkorlik ishlari haqida gapirdi. Yozilayotgan asarlar, yaratilayotgan filmlar ulugʻ adiblar hayotini, boy adabiyotimizni abadiyatga muhrlashga xizmat qilishi eʼtirof etildi.

Toshkent shahridagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari, yozuvchi-shoirlar, kinoshunoslar, yosh ijodkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda yigʻilganlarga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan kitoblar taqdim etildi.

Film ikki oy muddatda yaratilgan. Unda Adiblar xiyobonining yangi qiyofasi badiiy ifoda etilgan.

Filmning yutuq va kamchiliklari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

10 263
D.Mamatova, OʻzA