O‘zA O`zbek

30.10.2019 Chop etish versiyasi

Abdulla Qodiriy haqida yangi tarixiy film suratga olinadi

Abdulla Qodiriy haqida yangi tarixiy film suratga olinadi

“Issiq non“ badiiy filmi uchun O‘zbekistonning “Oltin humo“, Rossiyaning “Kinoshok“ mukofotlari bilan taqdirlangan kinorejissyor Umid Hamdamov yangi kinoloyihani boshlash arafasida.

Rejissyor “Abdulla Qodiriy“ nomli tarixiy-badiiy filmni suratga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Iste’dodli kinorejissyor Qodiriy shaxsini tasavvurimizdagi qoliplashgan obrazdan olib chiqib, haqiqiy Qodiriy qiyofasini bor holicha ko‘rsatishga bel bog‘lagan.

Yangi kinokartinada tarixiy filmga yangicha yondashuvning guvohi bo‘lishingiz mumkin.



711
O‘zA