Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.01.2018 12:45 Chop etish versiyasi

2018-yilda madaniyat va san’at sohasidagi oliy o‘quv yurtlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2018-yildan boshlab har yili O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professor-o‘qituvchilari, respublika teatrlarida faoliyat yuritayotgan 50 nafargacha ijodkorlar malaka oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuboriladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 25-dekabr kuni madaniyat va san’at sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bayonida keltirilgan.

Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tavsiya etilib, safarlar Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari hamda O‘zmilliybank tomonidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ilmiy-ijodiy muhitni yanada yaxshilash maqsadida Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardagi turdosh oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.

2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida muzeyshunoslik fakulteti tashkil etiladi. Fakultet negizida “Badiiy ekspertiza”, “Muzey pedagogikasi”, “Muzey turizmi”, “Muzey menejmenti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zA
10 929