| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Yosh fotohavaskorlar tanloviO‘zA, A.Sattorov, 03.03.2010 16:02 Namangan shahrida yosh fotohavaskorlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi. Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor, yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar bugungi kunda o‘z samarasini berayotir. Yigit-qizlarimiz zamonaviy ilm-fan yutuqlari, texnika va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirib, bu borada salmoqli natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Ayni paytda foto san’atiga, zamonaviy fotografiyaning imkoniyatlari bilan qiziquvchi yoshlar safi ham kengayib bormoqda. Namangan o‘lkashunoslik muzeyida bo‘lib o‘tgan havaskor fotosuratchilar ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ana shunday yoshlar o‘z iqtidor va salohiyatini namoyish etdi. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi asosida tashkil etilgan bu tadbirda ko‘rik-tanlovning shahar va tuman bosqichlarida saralangan o‘ndan ortiq yosh suratkash ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Fotoko‘rgazmada namoyish etilgan ijod namunalarida yoshlarimizning qiziqish va intilishlari, sport, ilm-fan, san’at sohalarida erishayotgan yutuqlari, yurtimiz tabiati, yurtdoshlarimizning bugungi turmush tarzi, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz o‘zining yorqin ifodasini topgan. Tanlovda Namangan shahri vakili Rahmonjon Mamadaliyev birinchi o‘rinni egallab, mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Uychilik Muhammadali Qambarov ikkinchi, norinlik Tohirjon Temirovga uchinchi o‘rin nasib etdi. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |