Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Madaniyat RSS

Yosh musavvirlar ko‘rgazmasi

O‘zA, A.Sattorov, 25.02.2010 17:49

Namangan shahrida yosh musavvirlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tasviriy san’at inson qalbida go‘zal his-tuyg‘ularni uyg‘otish, uning dunyoqarashini kengaytirish, hayotni falsafiy idrok etishida muhim o‘rin tutadi. Xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy barkamol etib shakllantirishda tasviriy san’at katta ahamiyatga ega.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida san’at va madaniyat maskanlari, ushbu yo‘nalishdagi ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, mavjud oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi yoshlarning salohiyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir.

“Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga muvofiq Namangan viloyati o‘lkashunoslik muzeyida tashkil etilgan yosh musavvirlar ko‘rgazmasi ham ushbu yo‘nalishda ilm olib, izlanayotgan yoshlarni rag‘batlantirishga qaratildi.

Ko‘rgazmada Namangandagi san’at va madaniyat kollejlari, shuningdek, bir qator maktablarning o‘quvchilari ikki yuzdan ortiq ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi. Yosh mo‘yqalam sohiblarining rangtasvir, grafika, miniatura va boshqa janrlarda yaratgan asarlarida betakror tabiat, ona Vatan manzaralari, insonning ichki kechinmalari, ezgulik g‘oyalari yorqin ranglarda aks ettirilgan.

Ayniqsa, Namangan san’at kolleji o‘quvchilari Behzod Mamatxonov, Luqmonjon Shermirzayev, Sardor Alijonov, Bobur Vahobjonov, Gulchiroy Jalilova, Durdona Maqsudaliyeva, Tursunoy Umaraliyeva kabi yoshlarning rangtasvir asarlari mutaxassisu muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi.

So‘nggi yangiliklar:

Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar

Ob-havo ma’lumoti

Iqtidorli sportchilar bellashuvi

Inson manfaatlari doim ustuvor

Telefon tarmog‘i taraqqiyoti

Reklama