| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Qo‘shiqlarda vatan madhiO‘zA, A.Sattorov, 23.02.2010 16:03 “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi asosida Namangan viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tomonidan yosh ijrochilar ishtirokida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” deb nomlangan xayriya konsertlari o‘tkazilmoqda. Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan konsertda “Nihol” mukofoti sohibi Shavkat Ergashev, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari Hasan va Husan Botirovlar, “Kelajak ovozi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi Durdona Ismonova, Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi viloyat bo‘limi xonandalari, badiiy jamoalar Vatan, istiqlol, yoshlikni tarannum etuvchi qo‘shiqlarini muxlislar e’tiboriga havola etdi. – Ushbu tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularda milliy san’atimizga bo‘lgan muhabbat hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishdan iborat, – deydi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhrat Akrolov. – Bunday tadbirlar yoshlarimizda qiziqish uyg‘otmoqda shu bois tumanlarda ham uchrashuv va konsertlar o‘tkaziladi. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |