| O‘zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Foto | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Yuksak ehtiromga sazovor ijodO‘zA, Yorqul Umar, 09.02.2010 09:44 Mutafakkir shoir Alisher Navoiy asarlari, qariyb olti asrki, olam ahlini hayratga solib keladi. So‘z sehri va qudratini, ona tilimizning beqiyos imkoniyatlarini o‘zida namoyon etgan shoirning ulkan adabiy merosi yuksak ehtirom, zo‘r qiziqish bilan o‘rganib kelinmoqda. Navoiy viloyatidagi ta’lim muassasalarida ulug‘ alloma tavalludining 569 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, adabiy-badiiy kechalar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. Adabiyotshunos olimlar, talaba-yoshlar va she’riyat muxlislari ishtirokida o‘tgan tadbirda Alisher Navoiyning ibratli hayoti, asarlarining teran falsafasi va jozibadorligi xususida so‘z bordi. Uning serqirra ijodi yoshlarimizni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim o‘rin tutishi takidlandi. Tadbirda talabalar shoir asarlaridan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi. Institutning “Layli” ashula va raqs dastasi ijrosida Navoiy g‘azallari bilan aytiladigan mumtoz qo‘shiqlar yangradi. So‘nggi yangiliklar: Raqamli teleko‘rsatuvlar uchun tyunerlar |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |