O‘zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Madaniyat RSS

Qimmatli ma’naviy meros

O‘zA, A.Muhammadiyev, 08.02.2010 18:31

Qashqadaryo viloyati axborot-kutubxona markazida g‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning tavallud kuni munosabati bilan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda tarixchi olim va adabiyotshunoslar, maktablar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda ulug‘ shoirning o‘lmas ma’naviy merosi, uning asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, ezgulik g‘oyalari yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.

Alisher Navoiyning go‘zal g‘azallari, betakror muxammas va murabba’lari, ruboiylaridagi so‘z sehri kishini maftun etadi. Shoir asarlari falsafiy, axloqiy, madaniy, ma’rifiy mushohadalarga boyligi bilan bebahodir. Bu asarlarni o‘rgangan sari Vatanga, ona tilimizga muhabbat, sadoqat tuyg‘ulari ongu shuurimizga tobora teran singib boraveradi.

– Shoir asarlari ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega. Markazimizda Navoiy asarlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, kitobxon yoshlarimizga qimmatli ma’naviy merosni chuqur o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, Qarshi davlat universitetining filologiya fakulteti talabalari, Qarshi shahridagi 43-maktab, Nodirabegim nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari ishtirokida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar muntazam o‘tkazib kelinmoqda, – deydi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Klara Do‘syorova.

Tadbirda Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi, shoir asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Bunday adabiy-ma’rifiy tadbirlar viloyatdagi boshqa oliy o‘quv yurtlarida, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

Samimiy qutlovlar

Raqamli teleko‘rsatuvlar uchun tyunerlar

Har bir uy e’tiborda

“Yoz-2010” g‘oliblari aniqlandi

Bu muqaddas Vatanda azizdir inson

Reklama