Saytning oldingi versiyasi Русский | English | Français | Deutsch

Madaniyat RSS

Mutafakkir shoirning boqiy merosi

O‘zA, M.Sulaymonov, 08.02.2010 16:13

Mamlakatimizda buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 569 yilligi keng nishonlanmoqda.

Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning abadiyatga daxldor merosi, betakror asarlari nafaqat xalqimiz, balki butun bashariyatning bebaho ma’naviy mulkiga aylangan. Bu zotning umrboqiy asarlari dunyoning o‘nlab tillariga tarjima qilingan. Shoir asarlaridagi ezgulik va insonparvarlik, go‘zallik va muhabbat, sadoqat va vafo, poklik va e’tiqod tarannumi, asrlarki, insoniyatni birlikka, hamjihatlikka da’vat etib kelayotir.

Farg‘ona viloyati o‘lkashunoslik muzeyida bo‘lib o‘tgan navoiyxonlik kechasida so‘zga chiqqanlar shu xususda so‘z yuritdilar. Alisher Navoiyning ijodi va hayoti, asarlarining mohiyati haqida atroflicha to‘xtaldilar. Farg‘ona davlat universiteti talabalari hamda shahar umumta’lim maktablari o‘quvchilari tomonidan shoir g‘azallaridan namunalar o‘qildi, asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Alisher Navoiyning har bir asari, har bir bayti biz uchun ibrat bo‘lib xizmat qiladi, – deydi Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori Siddiqjon Mo‘minov. – Shuning uchun ham mutafakkir shoir ma’naviy merosini keng targ‘ib etishga harakat qilmoqdamiz. Muntazam o‘tkazib kelinayotgan navoiyxonlik kechalarida yoshlarimiz faol ishtirok etib, shoirimizning boy va betakror xazinasidan bahramand bo‘lmoqdalar.

Muzey ko‘rgazma zalidan o‘rin olgan Alisher Navoiyning o‘lmas merosi haqida hikoya qiluvchi ekspozitsiya barchada katta qiziqish uyg‘otmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

Qonun va amaliyot

Faollik va izlanuvchanlik rag‘bati

“Nihol” mukofoti tanlovining saralash bosqichlari

Investitsiya samaralari

Umumxalq bayramiga hozirlik

Reklama