O‘zA O`zbek

18.09.2018 Chop etish versiyasi

Zangiotalik tadbirkorlarni qanday muammolar qiynayotgandi? (video)

Zangiotalik tadbirkorlarni qanday muammolar qiynayotgandi? (video)

Zangiota tumanidagi tashabbuskor, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga bel bogʻlagan, ammo maʼlum sabablarga koʻra oʻz faoliyatini toʻla-toʻkis yoʻlga qoʻyishda turli muammolarga duch kelayotgan tadbirkorlar bir joyga jam boʻlishdi.

Prezident qarori asosida tashkil etilgan hududiy guruh aʼzolari tomonidan tadbirokrlar va investorlarni qiynayotgan masalalar, anchadan buyon yechimini kutayotgan muammolari tinglanib, ularning yechimiga oid tezkor choralar koʻrish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Hali yosh boʻlishiga qaramasdan xorijdan noyob navli meva koʻchatlarini olib kelganva intensiv bogʻ yaratishni maqsad qilgan Aʼzamjon Ismoilov oʻz loyihasini tezroq amalga oshirish istagida. Ammo u oʻz loyihasi uchun bir yildan beri yer maydoni olishda qiynalayotgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi bilan hamkorlikda tayyorlangan navbatdagi videosharh Hududiy guruhning Zangiota tumanlaridagi faoliyati natijalari haqida.


3 601
OʻzA