Samarqanddagi “Elxolding” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ta’lim muassasalari uchun o‘quv-laboratoriya jihozlari ishlab chiqarish bilan e’tibor qozongan bo‘lsa-da, keyingi yillarda korxonada tayyorlanayotgan uch g‘ildirakli mototsikllarga ham talab ortmoqda.

Prezidentimizning 2011-yil 29-iyuldagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha 2011-2013-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishda korxona imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Mototsikl uchun butlovchi qismlarning aksariyati korxonaning o‘zida tayyorlanmoqda. Ayni paytda yiliga yetti ming dona mototsikl ishlab chiqarilayotir.

– Yuk ko‘tarish quvvati 650 kilogramm bo‘lgan mazkur transport vositasi yuz kilometr masofaga 3 litr yoqilg‘i sarflaydi, – deydi korxona bosh muhandisi Shermamat Tojiyev. – Bu fermerlar uchun juda qulay. Shu bois mahsulotimizga talab tobora ortib bormoqda. Yangi turdagi mototsikllar MDH mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda.

2015-yildan boshlab korxona “GM-Uzbekistan” kompaniyasi bilan hamkorlikda mototsikllar uchun motorni shu yerning o‘zida tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Mahalliylashtirish dasturi asosida hozirda birlashmada g‘alla ekish seyalkalarini tayyorlash ham yo‘lga qo‘yildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy va tejamkor mototsikllar