O‘zA O`zbek

16.07.2019 17:09 Chop etish versiyasi

Yurtimiz bozorlaridagi narx-navolar oʻrganilmoqda

Yurtimiz bozorlaridagi narx-navolar oʻrganilmoqda


Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019-yil 14-iyul holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan – 42 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan – 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Navoiy shahri “Saodat” MCHJga qarashli markaziy dehqon bozori hamda poytaxtimizning “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 34 000 – 42 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

40 000 soʻmdan – 45 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg. qoʻy goʻshtini 30 000 dan 35 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada Surxondaryoning Termiz shahar dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti – 40 000 dan 45 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti

12 000 soʻmdan – 20 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori hamda Xorazm Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 soʻmdan – 16 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Samarqand shahri “Siyob” dehqon bozorida kuzatildi – 19 000 – 20 000 soʻm.

Guruch

4 000 soʻmdan – 16 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Samarqand shahri “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 9 000 soʻm.

Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 5 000 – 16 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

8 000 soʻmdan – 13 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi poytaxtimizning “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 8 000 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etilgan – 9 000 dan 13 500 soʻmgacha.

Un

1 750 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon narxdagi un Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 000 soʻm toʻlashingiz zarur boʻladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Fargʻona dehqon bozori va poytaxtimizning “Mirobod”, “Chorsu”, “Qoʻyliq” va “Farhod” bozorlarida qayd etildi — bu summa 1 750 soʻmni tashkil qilmoqda.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un poytaxtimizning “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm.

1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 soʻmgacha.

Shakar

4 500 soʻmdan – 5 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun eng qimmat narx yurtimiz bozorlarida 5 500 soʻmgacha sotilmoqda.

Tuxum

350 soʻmdan – 700 soʻmgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxum uchun eng arzon narx Andijonning Yangi shahar dehqon bozori, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentning “Chorsu” dehqon bozorlarida kuzatildi 350 - 700 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.

1 dona tuxum uchun eng qimmat narx poytaxtimizning “Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi — 350 - 700 soʻm.

Kartoshka

1 000 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozori, Andijon Yangi shahar dehqon bozori, Navoiy Markaziy dehqon bozori, poytaxtdagi “Farhod”, “Chorsu” va Fargʻona Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 000 soʻmdan sotilmoqda.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Sirdaryo Guliston shahri Markaziy dehqon bozori hamda poytaxtdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 soʻmgacha.

Pomidor

1 000 soʻmdan – 6 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozori va Xorazm Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 soʻmdan – 2 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkentning “Chorsu” va “Farhod” dehqon bozorlarida qayd etildi – 6 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Xoʻjalik sovuni

800 soʻmdan – 3500 soʻmgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xoʻjalik sovunini 800 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 soʻm.


OʻzA
3 847