Sirdaryo tumanida 2017-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumini sifatli tashkil etish masalasiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan seminarda vazirlik, viloyat hokimligi, “O‘zpaxtasanoat”, “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlari va ularning viloyatdagi hududiy boshqarmalari, viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari, qishloq xo‘jaligi hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, tuman hokimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Vahobov va boshqalar chigit ekish mavsumini to‘g‘ri tashkil etish, texnikadan unumli foydalanish, mavsumni qisqa fursatlarda sifatli yakunlash muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Joriy mavsumda viloyatda 101 ming gektardan ziyod maydonga chigit qadash, uning 20 ming gektari qo‘shqator usulida ekilishi ko‘zda tutilmoqda. 266 ming 423 tonna paxta xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Shu maqsadda 4 mingga yaqin fermer xo‘jaligi tasarrufidagi yerlarga g‘o‘zaning “Sulton”, “An-Boyovut-2”, “Buxoro-102”, "S-6524", “Porloq”, “Guliston” va boshqa yangi istiqbolli sinov navlari ekiladi. Mavsum uchun talab etiladigan sifatli urug‘lik chigit tayyorlab qo‘yildi.

– Chigit ekish mavsumini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish yuqori hosil olishning muhim bosqichidir, – deydi viloyat hokimligining qishloq xo‘jaligi kotibiyati bosh mutaxassisi I.Rahmonov. – Viloyat bo‘yicha 302 otryad tuzilib, uning tarkibiga agronomlar, suv, yoqilg‘i, mineral o‘g‘it, texnika ta’minoti bo‘yicha mutaxassislar biriktirilgan. Otryadlarga 11 ming 800 dan ortiq ekish seyalkasi, barona, yer tekislagich, chizel, chopiq va haydov traktorlari, mineral o‘g‘it sepgich, yoqilg‘i tashish avtotransporti va boshqa texnikalar jalb etildi. Har gektar yerga 54 litrdan yoqilg‘i-moylash, 100 kilogrammdan fosforli va 50 kilogrammdan kaliyli mineral o‘g‘itlar sarflanishi hisobga olinib, yetarli mahsulotlar zaxirasi yaratilmoqda.

Chigit ekish mavsumi viloyatda 22-martda boshlanadi. Buning uchun barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Seminarda soha rahbarlari va mutaxassislar tomonidan ekish ishlarini tashkil etish, agrotexnik tadbirlar xususida tavsiyalar berilib, navbatdagi vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori hosil uchun puxta taraddud