Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Respublika yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan "Start up Invest" tadbirida yoshlarning eng yaxshi loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Yoshlar tadbirkorligini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning ezgu g‘oyalari, maqsadlarini hayotga joriy etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

Shuhrat A’zamov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetini tamomlab, "manzil.uz" mobil ilovasini yanada takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.

– Bu ilova safarga yoki sayohatga chiqmoqchi bo‘lgan odamlar uchun ham, avtotransport haydovchilari uchun ham g‘oyat qulaydir, – deydi Sh.A’zamov. – Saytga kiruvchilar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hamroh topishi, shu yo‘nalishdagi transport vositasidagi bo‘sh o‘rinlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi bilan birga yo‘l kirasining arzonligiga ham erishishi mumkin. Hozirgacha mingdan ortiq hamyurtimiz "manzil.uz" xizmatidan foydalandi. Kelgusida mazkur mobil ilovani yanada takomillashtirish niyatidaman.

Tadbirda taqdim etilgan loyihalar yetakchi ekspertlar, mutaxassislar tomonidan dolzarbligi, innovatsionligi, foydaliligi nuqtai nazaridan atroflicha tahlil etilib, baholandi. Yosh tadbirkorlarga zamonaviy biznes olamidagi tendensiyalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

* * * 

Toshkent madaniyat kollejida bitiruvchilarga diplom topshirishga bag‘ishlangan tadbirda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi yo‘lidagi imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi.

Mazkur kollejni 351 bitiruvchi drama teatri aktyori, xalq cholg‘ulari ijrochisi, folklor-etnografik jamoalari rahbari, an’anaviy cholg‘ular ijrochisi, axborot-resurs markazi kutubxonachisi kabi 11 yo‘nalishda tamomladi. Ularning aksariyati joylardagi madaniyat va aholi dam olish markazlari, "Barkamol avlod" markazlari, madaniyat va san’at muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablari, axborot-resurs markazlari kabi maskanlarga ishga joylashadi. Ayni paytda kollejda tahsil olgan bir guruh yoshlar xalqaro va respublika tanlovlarida birinchi o‘rinlarni egallab, oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish istagida.

– Mamlakatimizda yoshlar kamoloti, ta’lim-tarbiyasi, mehnat bandligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi kollej bitiruvchisi Abror Abduhakimov. – Bunday e’tiborga javoban, mas’uliyatni his etish, bildirilayotgan yuksak ishonchga munosib bo‘lish bizning burchimizdir.

Tadbirda bitiruvchi-yoshlar ishtirokidagi badiiy-musiqiy dastur namoyish etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning eng yaxshi loyihalari taqdimoti o‘tkazildi