Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2017 19:22 Chop etish versiyasi

Farg‘onada armiyadan qaytgan askarlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Farg‘ona politexnika institutida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bandligini ta’minlash, ularga munosib ish o‘rinlari yaratish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan yarmarkada 124 korxona va tashkilot 770 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Joylarda muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni o‘z mutaxassisligi asosida ishga joylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buni mazkur yarmarka misolida ham ko‘rish mumkin.

Yarmarkada bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etayotgan yirik korxona-tashkilotlar, muassasalar vakillari bilan yoshlarning ish o‘rni tanlash va mavjud mehnat sharoitlari haqida muloqoti bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada yoshlarning 80 ga yaqiniga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.

– Milliy armiya biz uchun chinakam hayot maktabi bo‘ldi, – deydi Xudoyor Usmonov. – Xizmat davomida qalbimizdagi Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi yanada mustahkamlandi. Bugun mazkur yarmarkada ishtirok etib, temir yo‘l sohasida ishga joylashishga yo‘llanma oldim.

Yarmarka doirasida tashkilotchilar va mutaxassislar tomonidan fuqarolar bilan mehnat qonunchiligi, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida suhbatlar o‘tkazildi.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
2 993






Все о погоде - Pogoda.uz