Buxoro viloyatida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida tuman va shaharlar bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan 3 ming 500, jumladan, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun kvotalangan 1 ming 283 bo‘sh ish o‘rni taklif etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigida muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha respublika komissiyasini, joylarda esa bevosita hokimlar rahbarligida viloyat, shahar va tuman komissiyalarini tashkil etish yana bir amaliy qadam bo‘lishini ta’kidladi.

Ana shu vazifalardan kelib chiqqan holda, muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida joylarda harbiy okruglar qo‘mondonligi va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Buxoro viloyatida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida tuman va shaharlar bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan 3 ming 500, jumladan, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun kvotalangan 1 ming 283 bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Yoshlar ko‘rgazmali stendlar orqali o‘zi tanlagan kasb va qobiliyatiga mos ish topishi uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘ldi.

–Peshku tumani milliy hunarmandlik va qurilish kasb-hunar kollejini gaz payvandlovchi mutaxassisligi bo‘yicha bitirganman, – deydi muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan Abdumalik Zaripov. – Yarmarkada o‘zim tanlagan kasb bo‘yicha ishga yo‘llanma oldim.

Mehnat yarmarkasida Abdumalik singari 112 nafar sobiq askarning bandligi ta’minlanadigan bo‘ldi. Shuningdek, 224 nafar yoshga mehnat qonunchiligi va ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Yarmarka doirasida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun seminar tashkil etildi. Tadbirda viloyat mehnat bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi va Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasi mutasaddilari yoshlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarga doir yangiliklar bilan tanishtirdi.

Mutaxassislarning Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarning oliy o‘quv yurtlari, harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi, harbiy xizmatni shartnoma asosida o‘tash, ichki ishlar tizimida ishga qabul qilish tartiblari to‘g‘risidagi chiqishlari yoshlar uchun qiziqarli bo‘ldi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar uchun ham yarmarka, ham seminar