Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati navqiron avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun sharoit va imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

– Mazkur qonun davlat tomonidan yoshlarning iqtisodiy mustaqilligini va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratish, ularni tadbirkorlik faoliyati asoslari bo‘yicha o‘qitish kabi muhim vazifalarning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Surxondaryo viloyati kengashi mas’ul xodimi U.Qulmamatov.– Qonun ijrosi doirasida davlat va jamoat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar sifati va samaradorligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Yoshlarning faolligini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmasini mustahkamlash "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining muhim vazifalaridan biridir.

Harakatning viloyat kengashi tomonidan Termiz shahri va tumanlardagi 14 o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejida biznes klublar tashkil etilgan. Bu yerda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazilib, istiqbolli biznes loyihalar tayyorlashga ko‘maklashilmoqda. Imtiyozli kredit olishiga yordam berilmoqda. 2016-yilning 11 oyida tijorat banklari tomonidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlab, tadbirkorlikni boshlagan bitiruvchilarga 17 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kredit ajratildi. Harakatning “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor”, “Mening biznes g‘oyam” loyihalari yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etishda yaxshi samara bermoqda. 2016-yilda o‘tkazilgan “Mening biznes g‘oyam” loyihasida ishtirok etgan ko‘plab yoshlar o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olish huquqiga ega bo‘lgani bunga yaqqol misoldir.

Termiz shahridagi 1-akademik litseyni 2016-yil tamomlagan Sh.Orolova ana shunday yoshlardan biri. “Mening biznes g‘oyam” loyihasida o‘z biznes rejasi bilan ishtirok etib, tijorat bankining 35 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘ini olishga muyassar bo‘lgan.

– Bu mablag‘dan foydalanib, o‘z biznesimni yo‘lga qo‘ydim. Zarur xomashyoni xarid qildim, – deydi Shahrizoda. – Hozir o‘nga yaqin qizga milliy hunarmandlik va sun’iy atirgul tayyorlash sirlarini o‘rgatmoqdaman. Biz tayyorlayotgan rang-barang sun’iy atirgullarga ta’lim muassasalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar katta qiziqish bildirmoqda.

Bo‘lg‘usi ishbilarmonlarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishida tijorat banklari va jamoat tashkilotlari faol ishtirok etmoqda. Termiz davlat universiteti, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida o‘tkazilayotgan "Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi ham bitiruvchi yoshlarning o‘qishni davom ettirishi, ularni kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlikka qiziqishini oshirish va ish bilan ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etayotir. Ijtimoiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan o‘quv-seminar, ko‘rik-tanlov va boshqa tadbirlar yosh tadbirkorlar safini kengaytirib, yurtimizda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilgan “Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi – 2016” ko‘rik-tanlovi kasb-hunar kollejlarini bitirib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan qizlarning tashabbuslarini munosib rag‘batlantirdi. Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida o‘z biznes loyihasi bilan ishtirok etgan 400 ga yaqin qizning 42 nafari viloyat bosqichida o‘z loyihasi uchun imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘ldi.

Kasb-hunar kollejlarida ustaxonalar va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun zamonaviy jihozlangan ixcham korxonalar barpo etilgani o‘quv amaliyoti sifatini oshirish bilan birga, yoshlarning sohaga qiziqishini yanada mustahkamlamoqda. Oltinsoy sanoat kasb-hunar kollejida 1 ming 127 yigit-qiz 8 yo‘nalishda ta’lim olmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qandolatchilik yo‘nalishida talim olayotgan yoshlar zamonaviy sexlarda o‘z bilim va ko‘nikmasini amaliyot bilan bog‘layotgani yaxshi samara bermoqda.

– Bolalikdan turli qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradigan xususiy korxonam bo‘lishini orzu qilaman, – deydi kollejning qandolatchilik yo‘nalishi bitiruvchisi S.Namozova. – Bu qiziqishimni ruyobga chiqarish uchun kollejimizda barcha sharoit mavjud. Nazariy bilimlarimizni kollej qoshidagi mo‘jaz korxonada amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitib, bir-biridan shirin, har xil mazali mahsulotlar ishlab chiqarish sirini puxta egallayapmiz. Kollejni tamomlagach, albatta, bolalikdagi orzuimni ruyobga chiqarib, mahallamizda qandolatchilik korxonasi tashkil etaman. Tengqurlarimni ish bilan ta’minlayman. Bu istagimni ruyobga chiqarish biz, yoshlarning huquq va intilishlarimizni kafolatlagan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunda ham o‘z ifodasini topgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar tadbirkorligi: amaliyot va samara