Namangan viloyati Uychi tumanida yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan seminar va mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi tomonidan viloyat mehnat bosh boshqarmasi va Uychi tumani hokimligi xamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2017-yil 24-maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bandlik sohasida yangicha yondashuvlarni joriy etish, jumladan, davlat tashkilotlari va xususiy biznes o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan holda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirishda samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishni yangi bosqichga ko‘tardi.

Tadbirda mazkur hujjat ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlar, ish bilan band bo‘lmagan yoshlar, imkoniyati cheklangan shaxslar va boshqa ishsizlarni mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Viloyatda joriy yilning o‘tgan besh oyi mobaynida 22 ming 900 kishining bandligi ta’minlangan. Jumladan, 6 ming 500 yangi ish o‘rni yaratildi, 1 ming 300 kishi faoliyati qayta tiklangan korxonalarda ish boshladi. Xususiy tadbirkorlik sohasida 3 ming 200, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish, paxta va bug‘doy yig‘im-terimi, pillachilik sohalarida 5 ming 200 kishi mavsumiy ishga jalb etildi. Shaxsiy va dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlik va oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishlarida 11 ming 400 kishi, jumladan, ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami ish bilan ta’minlandi. Ish bilan band bo‘lmagan 8 ming 800dan ortiq yoshlar, jumladan, 4 ming 700 nafar kasb-hunar kolleji va oliy o‘quv yurti bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangi ish o‘rinlari yaratishda tadbirkorlar, kichik biznes korxonalari ham alohida ahamiyat kasb etayotir. “Uchqo‘rg‘onteks” qo‘shma korxonasi, “Firdavs yengil sanoat” korxonasi va “To‘qimachi sanoat tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan 350 dan ortiq yangi ish o‘rniga asosan yoshlar jalb etildi.

Tadbirda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida alohida so‘z yuritildi. Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda O’zLiDeP oldida turgan ustuvor vazifalar, mazkur yo‘nalishdagi partiyaviy loyihalar to‘g‘risida yoshlarga atroflicha ma’lumot berildi.

– Prezidentimiz rahnamoligida yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda va bu borada ko‘plab amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Ibrohim Hojiyev. – Shunga muvofiq partiyamizning parlamentdagi fraksiyasi a’zolari mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlari bilan hamkorlikda xar oyning birinchi o‘n kunligida hududlarda aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning bandligi masalasiga yechim topish bilan shug‘ullanmoqda.

Seminar doirasida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi tashkilot va korxonalar 130 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Ish so‘rab murojaat qilgan 65 nafar yoshlardan 50 nafari ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi. 15 nafariga mehnat qonunchiligi va boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha huquqiy maslahat berildi.

Tadbirda yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uychi tumanida bandlik masalasiga oid seminar va mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi