Toshkent moliya institutida “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovi doirasida targ‘ibot seminari bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmon yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2010-yil 28-iyuldagi “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarda dasturilamal bo‘lmoqda.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar kengashi, “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida o‘tkazib kelayotgan "Yosh tadbirkor – yurtga madadkor" tanlovi yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, oilalar iqtisodiy barqarorligiga erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Seminarda mutaxassislar tadbirkorlik sohasida o‘z g‘oya va tashabbuslariga ega bo‘lgan yoshlarga mamlakatimizda kichik biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan huquqiy kafolatlar, biznes-reja tuzish, bank kreditlaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berdi. Kichik biznesning yuridik maqomini tanlash, kredit siyosati, korxona marketing strategiyasini ishlab chiqish kabi mavzularda fikr almashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tadbirkorlar bilimini mustahkamladi