Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari bilan hamkorlikda yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan mehnat bozori talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi mehnat bozori tezkor davr talabiga monand rivojlanib borayotgan, ilg‘or texnologiya va usullar jadal joriy etilayotgan, ish beruvchilar tomonidan mutaxassislarga talab va ehtiyoj katta bo‘lgan jabha sanaladi.

Ushbu mehnat yarmarkasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilariga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish o‘rinlari taklif etish maqsadida tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilariga qishloq xo‘jaligi, agroservis sohasidagi 70 dan ortiq tashkilotdan kelgan mas’ul xodimlar bo‘sh ish o‘rinlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, mehnat qonunchiligi haqida ma’lumot berdi.

Mazkur bilim dargohini 2016-2017 o‘quv yilida 18 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1612, 23 magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 141 yigit-qiz tamomlamoqda.

Universitet bitiruvchilari uchun mutaxassislik-karera kuni sifatida o‘tkazilgan mazkur tadbirda ish beruvchilar kadrlarning ilmiy-ma’rifiy salohiyati, qobiliyati, iqtidori, intilishlari haqida keng ma’lumotga ega bo‘ldi.

Yarmarkada 350 dan ortiq ish beruvchi va bitiruvchi o‘rtasida shartnomalar imzolandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh mutaxassislar uchun mehnat yarmarkasi