Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun sharoit yaratishga, yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Yarmarkada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi korxona va muassasalar, davlat organlari mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Tadbir kompaniya, tashkilot va korxonalar, davlat idoralariga zamonaviy bilimlarni puxta o‘zlashtirgan istiqbolli kadrlarni jalb qilish, yosh mutaxassislarga ishli bo‘lishda ko‘maklashishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

– Joriy yilda 3 mutaxassislik bo‘yicha bakalavr va magistratura yo‘nalishlarini 300 ga yaqin yosh mutaxassis bitiradi, – deydi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali direktori Baxtiyor Mirzakarimov. – Ularni ish bilan ta’minlash uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilgan. O‘tgan o‘quv yilida bitiruvchilarimizning 96 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarga ishga joylashgan. Bugungi yarmarka ham ish beruvchi va yosh mutaxassislar o‘rtasida samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bu yil viloyatda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadr tayyorlovchi 12 kasb-hunar kollejini turli mutaxassisliklar bo‘yicha 2 mingdan ziyod yosh bitiradi. Yarmarkada ular o‘zlari uchun maqbul bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdi.

Yarmarkada tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga soliq idorasi va tijorat banklari xodimlari tomonidan soliq imtiyozlari, kredit olish yo‘l-yo‘riqlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh mutaxassislar uchun bo‘sh ish o‘rinlari