Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.09.2017 17:13 Chop etish versiyasi

“Yosh fermer – 2017” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Xorazmda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamkorligida tashkil etilgan “Yosh fermer – 2017” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu an’anaviy tanlov mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishda faol ishtirok etayotgan yosh ishbilarmonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini munosib rag‘batlantirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Tanlovda 20 nafar yosh fermer turli shartlar bo‘yicha bahslashdi. Gurlan tumanidagi “Umida” fermer xo‘jaligi rahbari G‘ayrat Qozoqov birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

– Bugungi tadbir bahona o‘zim kabi yosh fermerlarning ilg‘or tajribasi va g‘oyalari bilan tanishdim, – deydi G‘.Qozoqov. – Fermer xo‘jaligimiz daromadi yildan-yilga ortmoqda. Joriy yilda g‘alladan 50 sentnerdan oshirib hosil oldik. Shu kunlarda paxta dalasida ish qizg‘in. Birinchi terimning o‘zida hosildorlik 30 sentenerdan oshdi.

Tanlov doirasida fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA
1 825






Все о погоде - Pogoda.uz