Yong‘oqdan uzoq yillar davomida 250-300, hatto 500 kilogrammgacha hosil olish mumkin. Qolaversa, bu unchalik ko‘p mehnat va xarajat talab qilmaydi. Shunday ekan, ikki-uch tup yong‘og‘i bor oila bir yilda qancha daromad olishini hisoblash qiyin emas.

Xalqimizda «Bir tup yong‘oq eksang, hosilidan yetti avloding bahramand bo‘ladi», degan gap bor. Bu bejiz emas. Yong‘oq daraxti 300-400-yil yashab, hosil bergani bois undan bir necha avlod bemalol bahramand bo‘ladi.

– Qishlog‘imizda yong‘oq daraxti yo‘q xonadonni topish qiyin, –deydi Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi Hamid Rahimov. – Yong‘oq daraxti yer tanlamaydi, tog‘da ham, dashtda ham o‘saveradi. Hovlimizda besh tup yong‘oq o‘sayapti. Har yili ularning har biridan 3-4 qopdan hosil yig‘ishtirib, yaxshigina daromad olayapmiz.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida viloyatlarga tashrifi chog‘ida xonadonlarda bo‘lib, limon, yong‘oq, anor, bodring kabi serdaromad daraxt va ekinlar ekish zarurligini alohida ta’kidlamoqda. Ana shunday e’tibor samarasida yurtimizning tog‘li hududlarida 30 ming gektar yong‘oqzor barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

– O‘stirib ko‘paytirilgan ko‘chatlar asosida yong‘oqzor tashkil etilsa ham toza navli bog‘ bo‘lib shakllanadi, – deydi qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Ravshan Abdullayev. – Yong‘oqni mamlakatimiz tog‘ va tog‘oldi hududlarida, daryo-soylar bo‘yida, qir-adirlar hamda tekisliklarda, aholi tomorqalarida yetishtirish mumkin. Yong‘oq namgarchilikka talabchan, quyoshsevar va issiqsevar daraxt. Parvarishlash qiyin emas. Misol uchun, yong‘oqning “Chantler” navining mevasi yirik, po‘chog‘i yupqa va mag‘zi oq bo‘lib, bozor talabiga to‘la javob beradi. Bu navli yong‘oq tog‘li hududlarga 8x4 metr o‘lchamda ekiladi. Shunda gektariga 200 tup joylashadi. Ikki yillik ko‘chat ekilgach, u uch yildan so‘ng hosilga kiradi. 8-yillik yong‘oq o‘rtacha 40 kilogramm hosil beradi. Shunda 1 gektar maydondagi yong‘oqzordan 8 tonna hosil olish imkoniyati yaratiladi. Agar yong‘oqning narxi o‘rtacha 10 ming so‘m ekanini inobatga olsak, shu paytgacha foydalanilmagan tog‘oldi hududdagi 1 gektar maydondan 80 million so‘m daromad olinadi deganidir. 15-20 yoshli bir tup daraxt 180-200 kilogrammgacha hosil beradi.

Yong‘oq daraxti – koni foyda. Yog‘ochi mebelsozlik sanoati uchun qimmatbaho xomashyo bo‘lsa, bargidan tortib mevasigacha shifobaxsh xususiyatga ega. Xalq tabobatida yong‘oqning barglari, gullari, meva g‘o‘rasi, po‘stlog‘i, po‘chog‘i, mag‘zining po‘stlog‘i va moyidan keng foydalaniladi. Masalan, yong‘oq g‘o‘rasi kamqonlikda naf bersa, undan tayyorlangan murabbo gipertoniya, qandli diabetni davolashda yaxshi samara beradi. Barglaridan tayyorlangan damlama me’da yarasi, ateroskleroz, shuningdek, yiringli yaralarga tavsiya qilinadi. Bargining qaynatmasi soch to‘kilishining oldini olib, o‘sishini tezlashtiradi.

Shunday ekan, yong‘oq eking, aslo kasal bo‘lmaysiz. Bu fikrimizni buyuk tabib Abu Ali ibn Sino asarlari ham tasdiqlaydi. Misol uchun, yong‘oq yaprog‘i shirasi iliq holda quloqqa tomizilsa, yiringlashning oldi olinadi. Qobig‘ining quyultirilgan shirasi tomoq og‘rig‘ini bosib, yo‘talga malham bo‘ladi. Qovurilgani kindik ustiga qo‘yilsa, ichak og‘riqlarini bosib, ich ketishini to‘xtatadi. Yong‘oq mag‘zi, ayniqsa, juda foydali. Uning tarkibidagi temir, fosfor, mis, serotin moddalari, moy va oqsil taom hazmini yaxshilaydi, quvvatni oshirib, asab tizimi faoliyatini me’yorlashtiradi.

Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, mamlakatimizda bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari, Farg‘ona vodiysi va Jizzax viloyatining tog‘oldi mintaqalari, Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining tog‘li mintaqalari istiqbolli hisoblanadi.

Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand filialida 2 gektar maydonda yong‘oq ko‘chati yetishtirish uchun hozirlik ko‘rilmoqda. Kelgusi yilda Urgut tumanining 4,5 ming gektar tog‘oldi va dasht hududiga yong‘oq ekiladi. Shu kunlarda maxsus dastur asosida nafaqat ushbu yer maydonlari, balki tumanda yong‘oqdan tashqari bodom, tok, unabi kabi ekinlarni ekishga mo‘ljallangan 10 ming 200 gektar va Jomboy tumanining 300 gektar tog‘oldi hududidagi maydonlar ham bog‘lar tashkil etish uchun o‘zlashtirilmoqda.

Mazkur institutning Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasida ham yong‘oq bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunda tabiiy tanlash yo‘li bilan yong‘oqning yuqori, barqaror hosildor, kasallik va zararkunandalarga hamda muhitning stress omillariga chidamliligi bilan ajralib turuvchi, lalmi, tog‘ va tog‘oldi sharoitlarida sanoat asosida yetishtirish uchun yuqori xo‘jalik sifatlariga ega bo‘lgan istiqbolli mahalliy turlari aniqlanmoqda.

– Tajriba stansiyamizning kolleksion ko‘chatzorida yong‘oqning 29 navi mavjud bo‘lib, mahalliy va introduksiya qilingan navlarning xo‘jalik-biologik xususiyatlari o‘rganilib, istiqbolli navlar ajratildi, – deydi Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasi direktori Karimjon Abdullayev. – Sun’iy duragaylash va tabiiy tanlash uslubida tog‘-tog‘oldi mintaqasidagi yovvoyi va madaniy yong‘oqzorlar orasidan yong‘oqning yuzlab qimmatli duragay va boshqa turlari orasidan to‘rtta nav rayonlashtirildi.

Shu o‘rinda xorijiy davlatlardan olib kelinayotgan yong‘oq ko‘chatlari bizning tuproq-iqlim sharoitimizga mos keladimi-yo‘qmi, degan savol ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘lishi tabiiy. Bu borada olimlarimiz yurtimiz sharoitiga mos yong‘oq turlarini payvandtag orqali ko‘paytirish muhimligini, bunday ko‘chatlar yaxshi o‘sishini qayd etishmoqda. Payvandtaglarga chetdan olib kelingan va yurtimizda o‘sadigan a’lo darajadagi navlar va duragaylarni payvand qilib, toza navli bog‘lar barpo qilish iqtisodiy jihatdan yanada samaralidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yong‘oq eking, kam bo‘lmaysiz