Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2017 17:21 Chop etish versiyasi

Yilning to‘rt faslida ham to‘kin

Yilning to‘rt faslida ham to‘kin Mamlakatimizda bozorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilayotgan alohida e’tibor aholiga zamonaviy talablar darajasida savdo xizmati ko‘rsatishda muhim omil bo‘lmoqda.

Buni Jizzax shahridagi markaziy dehqon bozori misolida ham ko‘rish mumkin.

Milliy me’morchilik andozalari asosida qayta qurilgan zamonaviy savdo majmuasidan yilning istalgan faslida sarxil meva-sabzavot, poliz, go‘sht, sut va boshqa turli mahsulotlarni topish mumkin. Sotuvchi va xaridorlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Sanitariya-gigiyena, xavfsizlik talablari qat’iy nazoratda. Aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida turli xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA
751






Все о погоде - Pogoda.uz