O‘zA O`zbek

01.08.2019 Chop etish versiyasi

Yillar sinovidan oʻtgan hamkor

Yillar sinovidan oʻtgan hamkor


Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” oʻzining 25 yilligini nishonlamoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyundagi qaroriga asosan, 1994-yil 2-avgustdan “Fallabank” faoliyat yurita boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi qarori asosida “Gʻallabank” negizida “Qishloq qurilish bank” tashkil etildi. Mazkur sanalar bank faoliyatida yorqin iz qoldirgan tarixiy voqelik hisoblanadi.

Oʻtgan yillar davomida bank mijozlarga xizmat koʻrsatish, qishloq qurilishini kreditlash, tadbirkorlik subyektlari loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, aholi tadbirkorligini rivojlantirish borasida sezilarli tajriba toʻpladi. Yildan-yilga bank tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlami, mijozlar bazasi va infratuzilmalar tarmogʻi kengayib bordi.

Bank 25 yil avval oʻz faoliyatini 8 nafar xodim va 10 ta mijozga xizmat koʻrsatish bilan boshlagan boʻlsa, bugungi kunga kelib bank tizimida 3 000 dan ziyod xodim ish yuritmoqda va 807 mingdan ziyod mijozlarga xizmat koʻrsatilmoqda. Bankning dastlabki ustav sarmoyasi 8 mln. soʻmdan iborat boʻlgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich bugunga kelib 1 trillion 481 milliard soʻmdan ortdi.

Bugungi kunda “Qishloq qurilish bank”ning sof aktivlari 10 trillion 996 milliard soʻmni va jami kapitali 1 trillion 310 milliard soʻmni tashkil qilmoqda.

Bank 42 ta filial, 38 ta minibank, 41 ta jamgʻarma va 52 ta valyuta ayirboshlash hamda 44 ta xalqaro pul oʻtkazmalari shahobchalari orqali respublika hududlarida aholiga zamonaviy xizmatlarni koʻrsatmoqda.

“Qishloq qurilish bank” oʻtgan yillar davomida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish boʻyicha Davlat Dasturlarining faol ishtirokchisi boʻlib kelmoqda. 2009-2019-yillarda respublikamizda 123 mingdan ortiq namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi boʻyicha ish olib borildi. Ushbu uy-joylarning 80 mingdan ortiq qismi bevosita mazkur bank tomonidan moliyalashtirildi. Shu davrda qurilish ishlari uchun 15,41 trln. soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirildi. Bu borada mazkur bank tomonidan moliyalashtirilgan uy-joylar uchun 3,23 trln. soʻm aholining mablagʻlari,6,34 trln. soʻm bankning imtiyozli ipoteka krediti mablagʻlari sarflandi.

OʻzbekistonRespublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash doirasida bank Jizzax viloyatida maktabgacha taʼlim muassasalari qurilishini moliyalashtirishda qatnashmoqda. Bank tomonidan 2018-2019-yillar davomida viloyatdagi loyiha qiymati 150 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan 52 ta maktabgacha taʼlim muassasasi qurilishiga jami 93 mlrd. 266 million soʻmlik kredit ajratildi.

Bank sarmoyalari asosida oʻtgan yillar davomida hududlarda qad rostlagan namunaviy uy-joylar va ijtimoiy soha obyektlari oilalarning uy-joyga hamda maktabgacha taʼlimga boʻlgan ehtiyojini qondiribgina qolmasdan, yurtimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshib, aholining yashash tarzi sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bankning kapitallashuv darajasi va depozitlar hajmining oʻsishi, oʻz navbatida aktiv operatsiyalar hajmini oshirish, xususan,kreditlash imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Bankning kredit qoʻyilmalari miqdori 2019-yil birinchi yarim yilligi yakuniga kelib 10 trillion 32 milliard soʻmni tashkil etdi.

2009-2018-yillar davomida “Qishloq qurilish bank” tomonidan 212 326 nafar jismoniy shaxslarga 7 trillion 900 milliard soʻmdan ortiq, 29 794 ta yuridik shaxslarga 6 trillion 856 milliard soʻm, 11 729 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa 591 288 million soʻm miqdorida kreditlar ajratilgan.

Birgina 2019-yilning oʻtgan davrida kichik biznes subyektlariga bankning oʻz mablagʻlari hisobidan 1 trillion 156 milliard soʻm miqdorida kredit ajratildi.

“Har bir oila - tadbirkor” dasturi ijrosi boʻyicha 17 629 nafar oilalarga 356,7 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 291,4 mlrd. soʻm miqdorida mikrokreditlar ajratilgan boʻlib, shundan 2312 nafar kam taʼminlangan oilalarga 47,6 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

2011-2019-yillar davomida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, asosan qishloq xoʻjaligi, meva-sabzavotchilik,chorvachilik, sutchilik hamda xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida bank va xorijiy moliya institutlari oʻrtasida 182 mln. 938 ming AQSH dollari qiymatidagi shartnomalar tuzilgan. Hozirgacha tadbirkorlik subyektlarining 400 ga yaqin investitsion loyihalari uchun 125 mln. 422 ming AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratib berilgan.

Eng muhimi, “Qishloq qurilish bank” tomonidan ajratilayotgan kreditlar hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish oʻrinlari tashkil etilishiga, zamonaviy servis yoʻlga qoʻyilishiga, aholi tadbirkorligi rivojiga hissa boʻlib qoʻshilmoqda.

2019-yilning 6 oyi davomida bankda jami omonatchilar soni 98 800 dan 104 600 nafarga yetdi, yaʼni omonatchilar soni 5800 nafarga oʻsdi. Omonatlardagi mablagʻlar qoldigʻi 633 milliard soʻmdan ortdi. Aholining bankdagi omonatlarda qoldigʻi yil boshiga nisbatan 87 mlrd. soʻmga yoki 116 % ga ortishiga erishildi.

Bankdagi omonatlar qoldigʻi oʻtgan yilning shu davrida 586,4 mlrd. soʻmni tashkil qilgan edi, joriy yilning 1-iyul holatiga bu koʻrsatkich 108% ga oshdi.

Mijozlarga qulaylik yaratish bank tomonidan joriy qilinayotgan xizmatlarning asosini tashkil etadi. Shunga mos ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofadan bajariladigan amaliyotlar koʻpaymoqda. Shuningdek, respublika hududlarida 24/7 rejimida, kechayu kunduz, xodimsiz xizmat koʻrsatadigan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish shahobchalari tarmogʻi tobora kengaymoqda. Hozirga kelib ular soni 28 taga yetdi.

Bank tizimida yaratilgan bu kabi qulayliklar “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” tamoyilining amaliy tasdigʻi deyish mumkin.

“Fitch” va “Moodyʼs” xalqaro reyting agentliklari tomonidan ATB “Qishloq qurilish bank”ning barcha reytinglar istiqboli “Barqaror” deb eʼtirof etildi.

Bir soʻz bilan aytganda, 25 yilligini nishonlayotgan mazkur bank oʻtgan yillar davomida Oʻzbekiston bank tizimida oʻz oʻrniga ega boʻldi va iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisiga aylandi.

“Qishloq qurilish bank” -farovonhayotingizxizmatida!

Murojaat uchun:

Telefon: (+99878) 150-93-39, 150-39-93
Veb-sayt:www.qqb.uz
Telegram: https://t.me/QQBANK
Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati


2 554
OʻzA