Mamlakatimiz dalalarida iqlim sharoitimizga mos serhosil navlar tanlanib, g‘o‘za parvarishiga doir agrotexnik tadbirlar sifatli o‘tkazilgani natijasida mo‘ljaldagidan yuqori hosil to‘plandi.

– Erta bahordan qilingan mehnatning samarasi bobodehqonni quvontirmoqda, – deydi G‘ijduvon tumanidagi “Dostonbek” fermer xo‘jaligi rahbari Obida Bobomurodova. – Hademay dalalarimizda defoliatsiya yakunlanib, paxta terimini boshlaymiz. Ayni paytda yangi hosil to‘planadigan xirmonjoylarni mavsumga taxt qilib qo‘ydik.

O‘tgan yili mamlakatimiz paxta dalalarida yetishtirilgan hosilning asosiy qismi yuqori sortlarga topshirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich yanada o‘sishi kutilmoqda. Buning uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar mavjud. Shu kunlarda joylarda paxta yig‘im-terimiga puxta taraddud ko‘rilmoqda.

“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, tizimda paxta xomashyosini qabul qilishdan boshlab, uni qayta ishlash, saqlash va sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida elektron hisobot va nazorat tizimini yaratish va joriy qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi paxta tozalash korxonalari va tayyorlov maskanlarida fermer xo‘jaliklaridan keltirilayotgan paxta xomashyosini to‘g‘ri va tezkor o‘lchash, sifatli tekshirish hamda qabul qilish maqsadida 480 dan ortiq zamonaviy elektron tarozi o‘rnatildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, paxta elektron tarozilarda tortilganida fermer xo‘jaliklaridan keltirilgan paxtani o‘lchash vaqti kamayadi, aniqligi oshadi, ochiqlik ta’minlanadi. Shuningdek, xomashyoning sifat ko‘rsatkichlari borasida tezkor ma’lumotlar olinadi.

– Paxtani qabul qilish, tortish, sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va qayd etish uchun maxsus elektron dastur yaratildi, – deydi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqarma boshlig‘i Ilhom Sobirov. – Zamonaviy texnologiyalar, o‘lchov asboblari, elektron tablolar o‘rnatildi. Nazoratni ta’minlash maqsadida har bir nuqtaga kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Jarayon markaziy tarmoqqa yig‘iladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib turiladi. Maqsad hisob-kitob jarayonlarida aniqlikni oshirish, tezkorlikni ta’minlash.

Kompaniya fermerlarga yanada kulaylik yaratish maqsadida tumanlardagi paxta tozalash korxonalari huzurida monitoring markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Mazkur markazlar fermer xo‘jaliklari, ta’minotchi, tayyorlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, soliq idoralari hamda paxta tozalash korxonalari o‘rtasidagi hisob-kitob va to‘lov tizimini soddalashtirish, paxta va g‘alla maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qilishga xizmat qilayotir. Shuningdek, u agrotexnik tadbirlar uchun ajratilayotgan moddiy resurslardan, xususan, yonilg‘i-moylash materiallari, kimyoviy o‘g‘itlardan oqilona foydalanishni ta’minlashda ko‘maklashadi.

Bu markazlarning tashkil etilishi fermerlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Avvallari mulkdor biror zarur mahsulotga buyurtma berish yoki agrotexnik tadbirlarga mablag‘ olish uchun turli muassasalarga borib, vaqt yo‘qotar, bu esa dala ishlariga, ayniqsa, hosildorlikka ham ta’sir o‘tkazmay qolmasdi. Endi bu jarayonlar bir joyda, ya’ni barcha xizmatlarni o‘zida jamlagan monitoring markazida hal bo‘lmoqda.

Monitoring markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan keyin Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ekish mavsumida o‘tgan yilga nisbatan 250 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari tejalgan bo‘lsa, Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida bu ko‘rsatkich 370 tonnani tashkil qildi.

Ayni vaqtda 2016-yilda paxta yetishtirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va tayyorlovchi korxonalarning kontraktatsiya shartnomalari, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar monitoring markazlarida ro‘yxatdan o‘tkazilib, to‘lovlar va hisob-kitoblar amalga oshirilmoqda.

Etishtirilgan mo‘l hosilning o‘z vaqtida yig‘ib-terib olinishi mamlakatimizning paxta sotish va qayta ishlash borasidagi yutuqlarini yanada ko‘paytirib, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda paxta yig‘im-terimiga puxta taraddud ko‘rilmoqda