O‘zA O`zbek

05.06.2020 Chop etish versiyasi

YETTB: “Ipoteka bank” – Oʻzbekistondagi eng faol emitent bank

YETTB: “Ipoteka bank” – Oʻzbekistondagi eng faol emitent bank

2020-yil 4-iyun kuni Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (EBRD) Savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish dasturi (TFP – Trade Facilitation Programme) doirasidagi nufuzli anʼanaviy mukofot gʻoliblarini eʼlon qildi. “Ipoteka-bank” ATIB – Oʻzbekistondagi eng faol emitent bank nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Mazkur mukofot bilan YETTB Ipoteka-bankning xalqaro savdoni moliyalashtirishdagi alohida yutuqlarini eʼtirof etadi va savdo-sotiqni moliyalashtirish sohasida bank faolligini alohida taʼkidlab, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yuqori baholaydi.

“Ipoteka–bank” ATIB nisbatan qisqa vaqt ichida oʻz mijozlariga koʻplab imkoniyatlar taqdim etgan holda, savdoni moliyalashtirish sohasida Oʻzbekiston bozorida yetakchi oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻldi.

“Ipoteka-bank” ATIB savdoni moliyalashtirish tadbirkorlikning iqtisodiy oʻsishiga muhim hissa qoʻshishini inobatga olgan holda, bu yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Ushbu sohani rivojlantirish, ayniqsa ushbu ogʻir davrda, mamlakat ishbilarmon qatlamlari uchun juda muhim boʻlib, savdoni moliyalashtirishda qoʻllaniladigan vositalar xoʻjalik subyektlari, yaʼni bank mijozlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashda samarali yechimlarni taklif qila oladi.

2019-yil “Ipoteka–bank” ATIB uchun juda muvaffaqiyatli boʻldi va bir qator yirik loyihalar amalga oshirilganligi bilan yodda qoldi.

2020-yilda “Ipoteka–bank” ATIB savdoni moliyalashtirishga qoʻshimcha oshirilgan limit doirasida oʻz mijozlarining yana-da koʻproq loyihalarini amalga oshirishi va bu sohada Oʻzbekiston bozorida yetakchi mavqiyeni saqlab qolishi uchun barcha imkoniyatlarga ega.

2020-yilgi TFP mukofotining 30 ta nominatsiyasida dunyoning 27 mamlakatidan kredit-moliya muassasalar koʻrsatildi. Mazkur mukofot 2019-yil davomida YETTBning moliyalashtirish xizmatlarini eng faol taqdim etgan muvaffaqiyatli emitent va tasdiqlovchi banklarga taqdim etildi.

TFP mukofotlari eʼlon qilinish vaqtida, YETTBning moliyaviy institutlar boʻyicha boshqaruvchi direktori Fransis Malij “Savdoni moliyalashtirish – YETTB ishtirok etadigan barcha mintaqalarda iqtisodiy taraqqiyot va oʻsish surʼatlarining kalitidir. Bizning hamkor banklarimiz moliyaviy mablagʻlar va koʻmak taqdim etish orqali kompaniyalarga yangi bozorlarni aniqlash, oʻrganish va zabt etish uchun imkon yaratib, ushbu maqsadga erishishga yordam beradi. Anʼanviy TFP mukofotlarimiz orqali biz 27 ta davlatdagi amaliy taʼsir koʻrsatadigan va xalqaro savdoni qoʻllab-quvvatlash uchun YETTBning moliyaviy mahsulotlarini ijodiy yondashgan holda qoʻllaydigan hamkor banklarimizning yutuqlarini gʻurur bilan eʼtirof etamiz”, deb taʼkidladi.

TFP mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimi 2020-yil may oyida Londonda YETTBning yillik yigʻilishi va biznes-forumi doirasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi, ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi.

“Ipoteka–bank” ATIB – Oʻzbekistonning eng yirik banklaridan biri hisoblanadi. U mamlakatning barcha hududlarida keng faoliyat yurituvchi va zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatuvchi eng yirik banklardan biri sanaladi. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doim bank faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlgan. Hozirgi kunda butun dunyo boʻyicha 30 dan ortiq moliya institutlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bunday hamkorlik natijasida bank oʻz mijozlariga savdoni moliyalashtirish sohasida toʻliq xizmatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega.

YETTBning savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish dasturi (TFP) 1999-yildan boshlab yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, u YETTB sarmoya kiritadigan mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdoni rivojlantirishga qaratilgan. Dastur doirasida YETTB xalqaro tasdiqlovchi banklarga kafolatlar hamda keyinchalik eksport va import faoliyati bilan shugʻullanuvchi mahalliy korxonalar va distribyuterlarga kredit berish uchun ayrim banklar va faktoring kompaniyalariga qisqa muddatli kreditlar taqdim etadi. Ayni paytda TFP umumiy miqdori 5 mlrd. yevrodan oshadigan limit bilan 30 ta davlatda 120 ta emitent banklarni hamda butun dunyo boʻyicha 800 dan ziyod tasdiqlovchi banklarni oʻz ichiga olgan.

Bank matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida

13 846
O'zA