O‘zA O`zbek

11.05.2020 Chop etish versiyasi

YETTB “Ipoteka bank” ATIBga yangi limit berish orqali Oʻzbekistonda savdoni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirmoqda

YETTB “Ipoteka bank” ATIBga yangi limit berish orqali Oʻzbekistonda savdoni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirmoqda

YETTB “Ipoteka-bank” ATIB ga savdoni moliyalash uchun qoʻshimcha ravishda 30 million dollar ajratdi.

Ushbu mablagʻlar mahalliy eksport va import bilan shugʻullanuvchilarga yordam koʻrsatishga yoʻnaltiriladi.

Ushbu yordam koronavirus pandemiyasi sharoitida hayotiy muhim ahamiyatga ega boʻlgan savdo aloqalarini davom ettirish uchun moʻljallangan.

Oʻzbekistonning tobora koʻproq korxonalari, shu jumladan, kichik va oʻrta korxonalar (KOʻK) YETTB va Oʻzbekistonning yetakchi banklaridan biri – “Ipoteka bank” ATIB oʻrtasida imzolangan savdoni moliyalash toʻgʻrisidagi bitim doirasida koʻzda tutilgan eksport va import imkoniyatlaridan foyda oladi.

Koronavirus pandemiyasi va uning iqtisodiy oqibatlariga javoban YETTB butun faoliyatini oʻz hududlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratmoqda. Bu ishlarning muhim qismini YETTB ning savdoni moliyalashga oid yordamini koʻpaytirish tashkil etadi. Bu yoʻnalishda faqat Oʻzbekistonga hozirgi paytgacha 220 million AQSH dollari hajmida yordam koʻrsatilgan.

Savdoni moliyalashning koʻpaytirilishi savdo va yetkazib berish zanjirlarida ogʻir bozor sharoitlari tufayli vujudga kelgan uzilishlar oqibatini yumshatishga yordam beradi. Bu ayniqsa, savdoni moliyalash boʻyicha tijoriy kredit liniyalardan foydalanish imkoniyatlari cheklanib qolishi mumkin boʻlgan sharoitlarda muhim ahamiyat kasb etadi.

YETTB ning “Savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish dasturlari” (SRKD) doirasida “Ipoteka bank” ATIBga ajratilayotgan 30 million AQSH dollari qiymatidagi qoʻshimcha savdo limiti mahalliy eksport va import bilan shugʻullanuvchilarga oʻz faoliyatini davom ettirishlariga koʻmaklashadi.

SRKD YETTB tomonidan investitsiyalar kiritilayotgan mamlakatlarda,shu jumladan Oʻzbekistonda xalqaro savdoning rivojlanishiga koʻmaklashadi. Ushbu dastur doirasida YETTB banklar tomonidan ushbu mamlakatlarda amalga oshirilayotgan xalqaro savdo operpatsiyalari boʻyicha siyosiy va tijoriy tavakkalchilikni oʻz zimmasiga olib, xalqaro tasdiqlovchi banklarga kafolatlarni beradi. SRKD eksport va import bilan shugʻullanuvchilar, shu jumladan, kichik korxonalar uchun moliyalashdan foydalanish imkoniyatini yaratadi, mahalliy salohiyatni mustahkamlab, savdoni moliyalash koʻnikmalarini rivojlantiradi.

“Ipoteka-bank” ATIB ning Oʻzbekiston boʻyicha 39 ta filiali mavjud. Ular korxonalariga tovar zaxiralarini yaxshiroq boshqarish va davomli savdo sikllarini rejalashtirish uchun zarur yordam koʻrsatish imkoniyatiga ega.

Bank matbuot xizmati

9 533
O'zA