Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 16-mart kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) prezidenti Suma Chakrabartini qabul qilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 16-mart kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) prezidenti Suma Chakrabartini qabul qilgandi. Uchrashuvda kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bank-moliya sektori, infratuzilmani, ayniqsa, qishloq joylarda modernizatsiya qilish, shuningdek, agrosanoat kompleksi, kimyo va neft-kimyo, metallurgiya sanoatida zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi istiqbolli dastur hamda loyihalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.

Yuqorida keltirilgan loyihalar qatorida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ("Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi) boshlig‘i B.Gulyamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasida Markaziy Osiyo uchun ekologik reabilitatsiya hisobi bo‘yicha amaliyotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi Hadli bitim imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-iyundagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan Hadli bitim kuchga kirishi uchun zarur ichki davlat tartib-taomillari bajarildi va "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi mazkur bitimni amalga oshirishda mas’ul organ etib belgilandi.

Hadli bitim bilan ilgarigi uran konlari obyektlarida ekologik sog‘lomlashtirish va rekultivatsiya ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga grant mablag‘lari ajratilishi va ko‘maklashish nazarda tutilgan.

Hadli bitim bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlangan.

O‘zbekistonda ekologik sog‘lomlashtirish va rekultivatsiya loyihalarini amalga oshirilishini jadallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qilish maqsadida joriy yilning 12-14-fevral kunlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki yadroviy xavfsizlik departamenti direktori o‘rinbosari B.Lindauer va YeTTB yadroviy xavfsizlik departamenti Ekologik reabilitatsiya hisobi dasturi menedjeri E.Xarlanderlardan tashkil topgan delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida, delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti rahbariyati va "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi boshlig‘i bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar ekologik sog‘lomlashtirish va rekultivatsiya ishlarini amalga oshirishda hamkorlikni yanada jadallashtirishga kelishib oldilar.

Olimjon Jo‘rayev,
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining
Davlat nazorati boshqarmasi boshlig‘i muovini 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeTTB bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda