O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi joylarda yer qonunchiligiga amal qilinishi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida matbuot anjumani o‘tkazdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 31-maydagi "Erlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni soha rivojida dasturilamal bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Mamlakatimiz uchun g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan sug‘oriladigan yerlar mamlakat umumiy maydonining 9,6 foizini tashkil etib, ularda barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 95 foizdan ortig‘i yetishtiriladi. Mazkur maydonlardan qay tarzda foydalanilayotganini aniqlash maqsadida qo‘mita va uning quyi tizimlari Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar jadvaliga asosan joriy yilning birinchi choragida 75 yerdan foydalanuvchining yerdan foydalanishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazgani, ularning aksariyatida turli qonunbuzilish holatlari aniqlangani qayd etildi.

– Qonunbuzilish holatini sodir etgan oltmishdan ziyod rahbar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy jarimaga tortildi, – deydi "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T.Abdullayev. – Bevosita o‘tkazilgan monitoringlar natijasida 1 ming 856 holatda ikki ming gektardan ortiq yerda qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bunda uy-joy va boshqa binolar qurib olish uchun o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallab olish, ko‘p yillik daraxtlar ekish hamda tuproq unumdorligini pasaytiruvchi holatlar ko‘p kuzatilmoqda.

Aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish va amaldagi qonunlar asosida ko‘rilgan choralar, joylarda o‘tkazilayotgan seminarlar, profilaktika tadbirlari o‘z samarasini bermoqda. Yerdan foydalanish sohasida qonunbuzilish holatlarini sodir etish ehtimoli bo‘lgan 200 dan ortiq tadbirkorlik subyekti yo‘l qo‘ygan xato va kamchilik bartaraf etildi. 150 dan ortiq yer qonunchiligi buzilishi holatining oldi olindi.

"Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi joylarda yer qonunchiligiga amal qilinishi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish borasidagi choralarni yanada quchaytirish maqsadida ko‘plab investitsiyalar jalb etmoqda.

– Lalmi, qurg‘oqchil hududlardagi yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash maqsadida BMT va Global ekologik jamg‘armaning mablag‘lari jalb etildi, – deydi loyiha rahbari T.Farmonov. – Mazkur loyiha Zomin va Qorako‘l tumanlarida joriy etilmoqda. Hozir Zomin tumanida ozuqa ekinlari urug‘chiligiga ixtisoslashgan uchta uchastka tashkil etildi. «Hulkar pista» fermer xo‘jaligining 2 gektardan ziyod maydonida tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yildi. Qorako‘l tumanida cho‘ponlar uchun mobil uylar quriladi. O‘ndan ziyod quduq ta’mirlandi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerni noqonuniy egallashga chek qo‘yilmoqda