Mamlakatimizda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, sog‘lom raqobatni kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirib, tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Ammo ayrim «tadbirkor»lar berilayotgan imkoniyat va yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish o‘rniga amaldagi qonunlarni chetlab o‘tishga urinmoqda. Mo‘may daromad orttirish maqsadida bojxona chegaralari orqali olib o‘tilayotgan tovar-moddiy boyliklarning ma’lumotlarini noto‘g‘ri ko‘rsatib, sog‘lom raqobat muhitiga putur yetkazish kabi holatlar hamon uchrab turibdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tezkor tadbirlar mamlakatimiz bojxona chegaralari orqali tovar-moddiy boyliklar noqonuniy olib o‘tilishining oldini olishga xizmat qilmoqda.

2017-yilning birinchi choragi davomida bojxona xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda 3 ming 200 dan ortiq bojxona qoidabuzarligi aniqlanib, qiymati 16,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

“Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida Xitoydan xususiy tadbirkor K.Zoyirov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) nomiga keltirilgan kanselariya tovarlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 39 turdagi salkam 850 ming dona kanselariya tovarlari borligi aniqlandi. Dastlabki ma’lumotlarga asosan qiymati 300 million so‘mdan ortiq bo‘lgan mazkur kanselariya tovarlari daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.

Mazkur bo‘lim xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Olmazor tumanida olib borilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro F.Jalolovning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirilganida xorijda ishlab chiqarilgan salkam 70 ming dona har xil turdagi qiymati 320 million so‘mlik telefon aksessuarlari hech qanday hujjatlarsiz saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozir mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashirib yanglishdi