O‘zA O`zbek

17.09.2019 Chop etish versiyasi

Yaqin Sharqdagi xatarlar tufayli ko‘tarilgan neft narxi tushishni boshladi

Yaqin Sharqdagi xatarlar tufayli ko‘tarilgan neft narxi tushishni boshladi

Bugun ertalab Brent markali neftning noyabr fyucherslari narxi 0,87 foizga pasaygan va bir barreli 68,42 dollarni tashkil qilgan. WTI markasidagi neftning noyabr fyucherslari narxi esa 1,24 foizga tushib, uning bir barreli 61,89 dollarga baholangan. 

Saudiya Arabistonida ro‘y bergan voqealar tufayli jahon bozorida o‘rtacha neft narxi 13 foizga oshgan edi. Xususan, dushanba kuni, savdo ochilgandan so‘ng, Brent narxi 19 foizga, WTI narxi 16 foizga ko‘tarildi, shundan keyin o‘sish 8-9 foizgacha pasaydi. Kunning ikkinchi yarmida narxlar yana 15 foizga oshgan. 

Qora oltin bo‘yicha yirik eksportchi, jahonning uchta eng yirik neft ishlab chiqaruvchilardan biri Saudiya Arabistoni, shanba kuni qirollik neft zavodlariga qilgan hujumidan so‘ng, neft qazib olish hajmini yarmidan ko‘proq - kuniga 9,8 millionlik ko‘rsatkichdan 5,7 million barrelga kamaytirganini ma’lum qilgan edi.

Saudiya Arabistoni neft zavodlariga yamanlik ayirmachi hussiylar dronlar yordamida hujum qilgani gumon qilinmoqda. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning hujum Yamandan kelganligi haqida dalillar yo‘qligi, bunda Eronning qo‘li borligini iddao qilgan. Eron bu ayblovlarni rad etgan. 

Yangi hujumlar xavfi va Qirollik qisqa vaqt ichida ishlab chiqarishni qayta tiklay olmaydi, degan ehtimol jahon bozorida neft narxini 15 foizga oshirgan edi. 

4 236
O‘zA